Ilm-fan, Jahon

SpaceX koinotga maxfiy harbiy dronni uchirdi

SpaceX koinotga maxfiy harbiy dronni uchirdi

Amerikaning SpaceX aerokosmik kompaniyasi Falcon Heavy raketasi yordamida AQSh Qurolli Kuchlarining eksperimental uchuvchisiz X-37B kosmik samolyotini koinotga yubordi. Bu haqda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi SpaceX rasmiy akkauntida ma’lum qilindi.

“Falcon Heavy 39A Launch Complexdan orbitaga USSF-52 missiyasini olib chiqdi”, dedi SpaceX.

Oxirgi uchirilish 2010-yildan beri X-37B uchun yettinchi sinov parvozi bo‘ldi.

Ilgari AQSh Mudofaa vazirligi USSF-52 missiyasi X-37B sinovlari bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Dastlab uchirish 7-dekabrga rejalashtirilgan edi, biroq keyin ob-havo yomonligi sababli bu sana bir necha bor qoldirildi.

«Sinovlar yangi orbital rejimlarda qayta foydalanish mumkin bo’lgan kosmik samolyotni boshqarish, kelajakdagi kosmik domendan xabardorlik texnologiyalari bilan tajriba o’tkazish va NASA tomonidan taqdim etilgan materiallarga radiatsiya ta’sirini o’rganishni o’z ichiga oladi», dedi Pentagon.

X-37B AQSh havo kuchlari uchun Boeing va Lockheed Martin aerokosmik kompaniyalari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan. Qurilma 2011-yilda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan kichraytirilgan qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kemaga o‘xshaydi. Kosmik samolyotning uzunligi taxminan 9 metr, qanotlari kengligi 4,5 metr, massasi esa besh tonnaga yaqin. Mashina bortida 900 kilogrammgacha yukni tashishga qodir.