Qayd etilishicha, kecha jala va do‘l yog‘ib o‘tgan. Buning natijasida:

  • Farg‘ona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.
  • Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi  natijasida 4-5 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan. Shuningdek, yo‘l chetida turgan 2 ta avtomobil atrofi qisman qum-shag‘al bilan qoplangan.
  • Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sel oqimlari natijasidan fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tuman FVDT xizmatlari kuch va vositalarini jalb etgan holda maxsus texnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

“O‘zgidromet” 4 ta viloyatda 23—26-iyul kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sabab sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida avvaldan ogohlantirgandi.