Iqtisod, Jahon, Madaniyat

Isroilda turizm qiyin ahvolda qolmoqda

Isroilda turizm qiyin ahvolda qolmoqda

Isroildagi mehmonxonalarning qariyb 10 foizi G‘azo urushi boshlanganidan beri sayyohlar soni keskin kamayishi ortidan moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi, deya xabar qildi Yedioth Ahronoth nashri.

Isroil mehmonxonalar assotsiatsiyasi (IHA) 2024-yilning birinchi yarmidagi mehmonxona faoliyati to‘g‘risidagi hisobotida Isroil turizm sektori oldida turgan jiddiy moliyaviy muammolar turganini qayd etdi.

Assotsiatsiya bosh direktori Sivan Detaukerning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonalarning 10 foizga yaqini tez orada yopilish xavfi ostida, boshqa ko‘plab mehmonxonalardagi vaziyat inqiroz holatida.

2024-yilning birinchi yarmida mehmonxonalarda 969 mingga yaqin yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 81 foizga kam sayyoh tunagan.

Turizm vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi olti oyida Isroilga bor-yo‘g‘i 500 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ikki millionga nisbatan – 76 foizga kam.

Sayyohlarning yetishmasligi mehmonxona va turizm xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan Quddus aholisiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.