Jahon

Daniya qirolichasi Margrete II taxtdan voz kechdi

Daniya qirolichasi Margrete II taxtdan voz kechdi

Daniya qirolichasi, 83 yoshli Margrete II o‘zining yangi yil tabriknomasida taxtdan voz kechishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.

U 14-yanvar kuni taxtni o‘g‘li, valiahd shahzoda Frederikga topshirishini qo‘shimcha qildi.

Margrethe II Daniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxdir. Qirolicha taxtga 1952-yilda “Xudoning yordami, odamlarning sevgisi, Daniya farovonligi” shiori ostida o’tirdi.

Ta’kidlash joizki, u Glyuksburglar sulolasining vakili. Bu sulolaning monarxlari Daniyani 1863-yildan beri boshqarib keladi. Mamlakatni boshqargan birinchi qirol Xristian IX edi. U Britaniya qiroli Jorj V va Rossiya imperatori Nikolay II ning bobosi edi.