Ikki britaniyalik sayyoh Yangi yil arafasida Alp tog‘larida pistdan tashqarida chang‘i uchayotganda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Yeuronews.
Fransiyaning Alp tog‘laridagi Monblan massivida qor ko‘chkisi oqibatida ikki britaniyalik halok bo‘ldi.
54 yoshli ayol va uning 22 yoshli o‘g‘li Oliy-Savoyyadagi Saint-Gervais-les-Bains stansiyasi yaqinida qor ko‘chkisi boshlanganda instruktor bilan birga pistdan tashqari chang‘ichilar guruhi tarkibida bo‘lgan.
Qor massasi qatlamining kengligi 400 metrni tashkil etdi.
Guruhning qolgan a’zolari va instruktor maxsus kostyumlarda qor ko‘chkisi detektorlari mavjudligi tufayli omon qolishdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!