Iqtisod

O‘zbekistonda dekabr oyida inflyatsiya deyarli 9 foizga yetdi

O‘zbekistonda dekabr oyida inflyatsiya deyarli 9 foizga yetdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yilning dekabr oyida yillik inflyatsiya 8,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2022-yil uchun ko’rsatkichlar 12,2 foizni tashkil etdi.

Bu davrda respublikada tovar va xizmatlar narxlari mos ravishda 8,8 va 8,7 foizga oshdi. Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari narxi 9,7 foizga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, tovar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oylik oʻsishi mos ravishda 0,8 va 0,6 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari narxi esa 0,7 foizga yetdi.

Yil davomida boshoqli don va don mahsulotlari 9,7 foizga, go‘sht 9,1 foizga, sut va tuxum 11,2 foizga qimmatlashdi.