Jahon

Tan olinmagan Qorabog‘ Respublikasi rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Tan olinmagan Qorabog‘ Respublikasi rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo birorta davlat tomonidan tan olinmagan «Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» (Arsax)ning mavjudligi 1 yanvar, dushanba kuni rasman tugaydi. Ilgari TQRning barcha davlat muassasalari va tashkilotlari uning so‘nggi «rahbari» Samvel Shahramanyanning 2023 yil 28 sentabrdagi farmoni bilan tugatilgan edi.

Shahramanyanning o‘zi, shuningdek, «hukumat» a’zolari va tan olinmagan respublikaning boshqa rasmiylari Ozarboyjon harbiy harakatlar natijasida bu hududni o‘z nazoratiga qaytarganidan keyin Tog‘li Qorabog‘dan etnik armanlarning ommaviy ko‘chib ketishi paytida aholining katta qismi bilan birga TQRni tark etib, Armanistonga bordi.