Ilm-fan, O‘zbekiston

Abituriyentlarning 46,9 foizi minimal ball to‘play olmadi

Abituriyentlarning 46,9 foizi minimal ball to‘play olmadi

O‘zbekistonda 12 kun davom etgan davlat imtihonlari yakuniga yetdi. Test topshirgan abituriyentlarning natijalari mandat.uzbmb.uz saytida eʼlon qilindi.

Bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar – 94 nafar.

Bu yil eng ko‘p abituriyentlar Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Eng yuqori o‘rtacha ballar Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:

Buxoro viloyati — 75,9 ball;

Toshkent shahri — 74,6 ball;

Farg‘ona viloyati — 69,9 ball;

Namangan viloyati — 68 ball;

Xorazm viloyati — 68 ball;

Navoiy viloyati — 67,2 ball;

Samarqand viloyati — 67 ball;

Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball;

Jizzax viloyati — 65,5 ball;

Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;

Toshkent viloyati — 64 ball;

Andijon viloyati — 63,5 ball;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball;

Sirdaryo viloyati — 62,8 ball

Testda qatnashgan abituriyentlarning 345 869 nafari o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi degani.