Jahon

Ukraina 2024-yil uchun harbiy strategiyani tasdiqladi — Zelenskiy

Ukraina 2024-yil uchun harbiy strategiyani tasdiqladi — Zelenskiy

«Biz nimani to‘g‘ri qilganimizni va nimani yaxshiroq qilishimiz mumkinligini tahlil qildik. Ushbu xulosalar, prognozlar va imkoniyatlarimizni hisobga olib, kelgusi yil uchun Mudofaa kuchlaridan foydalanish strategiyasini belgilab oldik», — deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, bu yil Ukraina quruqlikda hech bir yo‘nalishda chekinmadi, dengizni qaytarib oldi va osmonni xavfsizroq qildi.

«Biz bir jamoa bo‘lib ishlashda davom etamiz. Ukraina g‘alabasi uchun bor kuchini bergan har bir kishiga rahmat», — deya ta’kidladi davlat rahbari.