Jahon

Yangi yil arafasida Rossiya Ukrainaga «Shahed» dronlarini jo‘natdi

Yangi yil arafasida Rossiya Ukrainaga «Shahed» dronlarini jo‘natdi

31-dekabr kuni, Rossiya qurolli kuchlari Ukraina hududiga «Shahed» dronlari yordamida hujum qildi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Kuchli ommaviy dron hujumi 11 soat davom etdi. Kamikadze dronlariga qarshilik ko‘rsatish ishlari kechqurun boshlanib, ertalab soat 4 larda yakunlangan.

Umumiy hisobda Ukraina mudofaa tizimi «Shahed-131/136» rusumidagi 51 ta dronlarni urib tushirgan: Odessa viloyatida 28 ta, Nikolayev viloyatida 14 ta, Vinnitsa viloyatida 5 ta, Dnepropetrovsk viloyatida 2 ta.

Odessa politsiya boshqarmasi boshlig‘i Oleg Kiperning aytishicha, hujum natijasida 15 yoshli o‘smir halok bo‘lgan, yetti nafar odam yaralangan, ulardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan