Jahon

AQSh HAMAS haqidagi iqtisodiy ma’lumotlar uchun «yaxshigina» mukofot taklif qildi

AQSh HAMAS haqidagi iqtisodiy ma’lumotlar uchun «yaxshigina» mukofot taklif qildi

AQSh hukumati Falastinning Hamas radikal harakatining mablag‘ olishiga to‘sqinlik qiladigan ma’lumot uchun 10 million dollar to‘lashga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Bayonotda aytilishicha, AQSh Hamasning moliyalashtirish mexanizmlarini buzishga olib keladigan ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qilmoqda. Rasmiylar «Hamasning moliyaviy vositachilari» deb ta’riflangan besh shaxs haqida ma’lumot olishni kutmoqda. AQSh ma’lumotlariga ko’ra, uchta vositachi Turkiyada, bittasi Sudanda joylashgan. Boshqasi, Davlat departamentiga ko’ra, «Erondagi tuzilmalar bilan yaqin aloqada».

AQSh rasmiylari HAMASni moliyalashtirish va daromad manbalaridan tashqari, radikal Falastin harakati nazoratidagi kompaniyalar, shuningdek, ular uchun xaridlarni amalga oshiruvchi tuzilmalar haqida ma’lumot olishni mo‘ljallamoqda.