Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar berildi “Millar” dasturida.
Taʼkidlanishicha, Oltiariq—Margʻilon temiryoʻl bekatlari oraligʻidagi qoʻriqlanadigan temiryoʻl kesishmasi harakatdagi poyezd tarkibi mavjudligi sababli transport vositalari uchun yopilgan boʻlgan. Shu qatorda “Damas” haydovchisi ham temiryoʻl kesishmasidan oʻtish uchun ruxsat belgisini kutgan.
Bu vaqtda orqasidan “Damas” orqasida tezlikni pasaytirmasdan kelgan “Cobalt”avtomashinaga urilgan va “Damas” zarbdan poyezd vagonlariga borib urilgan. Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. “Cobalt” haydovchisi “Damas” haydovchisiga yordam bermasdan voqea joyida yashiringan.
Hozirda “Cobalt” haydovchisiga nisbatan Jinoya kodeksining bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qoʻlga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!