Jamiyat

2025-yildan elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi

2025-yildan elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi
Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha videoselektorda ma’lum qilinishicha, 2025-yildan elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi.

Kelgusi yilda yo‘l, suv, elektr va gazga 43 trillion so‘m ajratish rejalashtirilmoqda

Joriy yilda, faktoringga keng yo‘l ochib berilgani natijasida shu yilning o‘zida 100 million dollarlik bunday xizmatlar ko‘rsatildi.

Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion so‘m yo‘naltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Korxonalarni barqaror energiya bilan ta’minlash uchun elektr ishlab chiqarish 82 milliard kilovatt-soatga yetdi.

Bu yil ishga tushgan 6,3 milliard dollarlik 17 ta yirik “yashil” va yangi texnologiyaga asoslangan energiya quvvatlari hisobiga kelgusi yilda qariyb 90 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.

25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etilishi mo‘ljallanmoqda

Bu ishlar davom ettirilib, 2025-yilda yana 6,4 milliard dollarlik 25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.

Endi energiya sohasida ham raqobatli bozorga o‘tish vaqti kelgani qayd etildi. Hozirgi kunda yurtimizda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetdi. Ilk bor 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi.