Ilm-fan, Jamiyat

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik indeksida Markaziy Osiyo bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik indeksida Markaziy Osiyo bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

Qayd qilinishicha, “Oxford Insights” tashkiloti e’lon qilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ushbu reyting hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi. Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, reytingda O‘zbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egallagan