Yangiliklar

Surxondaryoda farzandini urgan otaning ishi sudda koʻrib chiqiladi

Surxondaryoda farzandini urgan otaning ishi sudda koʻrib chiqiladi
Videodan skrin

Kecha Surxondaryoda ota farzandini urib, unga shafqatsiz munosabatda boʻlgani haqida xabar berilgandi. 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Termiz shahrining “Temiryoʻlchi” mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak 2024-yil 28-yanvar kuni yashash uyida 4 yoshli oʻgʻlini har kuni doʻkonga olib borishini va turli xil shirinlik va oʻyinchoqlar olib berishini soʻraganligi uchun qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qilib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik tugʻrisidagi kodeksining 41 (Haqorat qilish) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilishi va toʻplangan hujjatlar sudga yuborilishi taʼminlandi.