Jahon, Jamiyat

Qirg‘iziston familiyalardan «ov», «ova» qo‘shimchasini olib tashlamoqchi

Qirg‘iziston familiyalardan «ov», «ova» qo‘shimchasini olib tashlamoqchi

      Qirg‘iziston parlamentining spikeri Nurlanbek Shakiyev o‘z familiyasini Nurlanbek Turg‘unbek uuluga o‘zgartirdi. U bu orqali milliy o‘zlikni saqlash va qirg‘iz familiyalari tizimini boyitish tashabbusini amalga oshirdi.

Avvalroq Shakiyev va yana ikki deputat qirg‘izistonliklarning familiyasi variantlarini kengaytirishni taklif qilgan edi. Mazkur tashabbus bo‘yicha Oila kodeksiga va “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritilishi rejalashtirilmoqda. Yangi qonun loyihasi “ov”/“ova” va “vich”/“vna” so‘zlarini saqlab qolgan holda, “uulu” (o‘g‘illar uchun), “qizi” (qizlar uchun) va “teglar” so‘zlari bilan yangi variantlarni qo‘shishni taklif qiladi.

Shakiyevning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar milliy o‘zlikni asrash va globallashuv davrida milliy an’analarni mustahkamlash uchun muhim.

“Boshqalarga o‘xshab qanchalar harakat qilmaylik, arab, amerikalik, rus yoki yevropalik bo‘lmaymiz, o‘zimizni unutib, manqurtga aylanamiz, – dedi u.