Tahlil

“Evrilish” – suvarakka aylanib qolgan yigit taqdiri haqida hikoya

“Evrilish” – suvarakka aylanib qolgan yigit taqdiri haqida hikoya

Demokrat.uz nashri kitob mutolaasi targʻiboti yoʻlida “Mutolaa zavqi” loyihasini davom ettirmoqda. Navbatdagi kitob taqrizi — Frans Kafkaning “Evrilish” asari haqida.

Erta tong o‘rningizdan hasharot yoki biror hayvon bo‘lib uyg‘onsangiz nimaqilardingiz? Avvalo, nimani o‘ylardingiz? Birinchi qilgan amalingiz nima bo‘lardi? Yaqinlaringiz bunga qanday munosabat bildirardi?

Albatta, buni o‘ylash ham dahshatli. Hech kim o‘zi bilan bunday g‘aroyib hodisasodir bo‘lishini istamaydi. Hamma narsa oldindan rejalangan, har kimning o‘zvazifasi bo‘lgan bu tezkor zamonda hatto kasal bo‘lib qolish ham kishi uchunmalol. Ammo Frans KafkaningEvrilishhikoyasi qahramoni Grigor Zamzaning hayotida ayni hasharot bo‘lib uyg‘onish voqeasi yuz berdi.

Sujet:

Gregor Zamza savdo gumashtasi vazifasida ishlar edi. U shunchalar ko‘p mehnatqilganidan lavozimi ham tez ko‘tarilib borardi. Uning qartayib qolgan otasi, bo‘g‘ma kasalga duchor onasi va skripka chaladigan 17 yoshli singlisi bor edi. Tabiiyki, butun oilaning xarajatlari, ro‘zg‘or tebratish vazifasi Grigor zimmasida edi.

Lekin kunlardan bir kun u hasharot holida uyg‘ondi. O‘sha kuni u tonggi soat 7 da ish yuzasidan safarga jo‘nab ketishi kerak edi. Ammo vaziyat taqazosi bilan anchakechikadi. Oila a’zolari uni uyg‘otishga urinishadi. Ammo u eshikni ochmaydi. Uyga ishxonasidan menejeri keladi. Vaziyatni ko‘rgach hayratdan yoqa ushlabketib qoladi. Onasi o‘g‘lini ko‘rib hushdan ketadi, otasining tili aylanmay qoladi.

Ammo oila bu holatga sekin-asta ko‘nika boshlaydi. Ularni jigarbandlarining buholatga tushib qolishidan ko‘ra ko‘proq endi ro‘zg‘orni qanday tebratishlaritashvishga solardi.

Grigor o‘z xonasidan chiqmasdi. Hech kim yurak yutib oldiga ham kirmasdi. Faqatsinglisigina unga ul-bul ovqat berib turardi. Ammo Grigor borgan sari hech narsayeyishni xohlamay borardi. Bora-bora butun oila go‘yo Grigorni unutib qo‘ydi. Faqat uning oilaga og‘rligi tushayotgani sezilardi. Otasi arzimas bo‘lsayam ishtopadi, onasi buyurtma asosida kiyim to‘qishni boshlaydi. Singlisi ham sotuvchibo‘lib ishga kiradi. Uyga 3 ta ijarachi qo‘yadilar. Grigorning xonasini esaomborxona qiladilar.

Bir oqshom ijarachilar bilan bazm vaqtida singlisi skripka chala boshlaydi. Musiqaovoziga shaydo bo‘lgan Grigor beixtiyor xonasidan chiqib keladi. Buni ko‘rganijarachilar ijara kelishuvini bekor qilishlarini aytadi.

Qattiq asabiylashgan oila Grigordan qutilishni xohlaydi. Ortiqchalik qilayotganiniochiq tan oladilar. Grigor qattiq xafa bo‘ladi. Qolaversa, otasi bir kuni unga zarbbilan olma otadi. Olma esa tanasiga tiqilib qolib, chirib, tanani ham chiritaboshlagandi. Necha kunlardan beri ovqat yemay holdan toygan, jarohati azobidanqiynalgan, ruhiy tushkunlikda qolgan yigithasharot shu kuni vafot etadi.

Ertasiga ertalab Grigorning o‘lganini eshitishgach, butun oila yengil tortadi Endiular kelajak uchun yangi rejalar tuza boshlaydilar. Qizlarini boyroq yigitga ergaberishlari kerak

Tahlil:

Asar voqealari fantastikaga o‘xshasa-da, unda shafqatsiz realizm mavjud. Ijtimoiyvaziyat shunday ediki, kimdir harakatdan to‘xtasa, foydasi tegmay qolsa, buzilganmexanizmdek axlat qutisiga tashlanadi. Grigor ham ayni shu holga duch keldi. U harakatdan qolgach, ishlamay qo‘ygach butun oila undan yuz o‘girdi. Vaholanki, inson uchun dunyodagi eng yaqin insonlari oilasi hisoblanadi.

Hasharotga aylanish bir majoz edi. Chiqitga chiqish uchun hasharotga aylanibqolishi shartmas insonning. Umuman hech kimga foydasi tegmay qolsa kifoya. Buni inkor qilish imkonsiz

Grigor uyg‘onarkan birinchi bo‘lib o‘zining holatidan ham avval ishga kechqolmasligi, safarga tez otlanishi lozimligi, bundan boshqacha bo‘lishi mumkinemasligini o‘ylaydi. Ya’ni u o‘zidan ko‘ra ishxona, xizmatni afzal ko‘radi. Shundan bilsak bo‘ladiki, yigitning o‘z hayoti mavjud bo‘lmagan. U oilasi va ishiuchun o‘zini qurbon qilgan. Doim hamma narsaga javobgarlik his qilib hayot kechirgan.

Ammo u hasharotga aylanib, ishga yaramay qolgan kuniyoq ishxonasi ham, oilasiham undan voz kechadi. Hatto o‘limidan xursand ham bo‘lishdi. Bu juda ayanchli yakun.

Hikoyada Gregorning otasi o‘g‘liga olma otishi va u olma chirib ketmagunchatanasida turishi voqeasi bor. Aynan shu motiv orqali Kafka o‘z biografiyasidan birparchani hikoyaga qo‘shib ketadi. Kafkaning otasi uni boshqa kasb egasi bo‘lishgaundaydi va bu yozuvchida travma qoldiradi. Olma aynan shu otasi o‘g‘ligayetkazgan ruhiy jarohat ramzi bo‘lib keladi.

Hikoyadan shuni anglaymizki, hech birimiz o‘z shaxsiy hayotimizni chetga suribqo‘yish darajasiga yetib bormasligimiz lozim. Har narsada me’yor bo‘lgani kabijavobgarlikni o‘z zimmamizga olishimizda ham me’yor mavjud. Bu me’yordano‘tib ketsak, shaxsiy chegaramizni bosib o‘tishlariga, bizdan ko‘proq narsa talabqilishga o‘rganib qolishlariga yo‘l ochib bergan bo‘lamiz