Yangiliklar

“Yevropada shifokorlar bemorga ko‘pi bilan ikkita dori yozadi bizda esa 10 yoki 15 tagacha” – Farmatsevtika agentligi rahbari

“Yevropada shifokorlar bemorga ko‘pi bilan ikkita dori yozadi bizda esa 10 yoki 15 tagacha” – Farmatsevtika agentligi rahbari

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov O‘zbekistonda shifokorlarning farm kompaniylar bilan kelishgan holda bemorlarga ortiqcha dori yozib berish holatlari ko‘pligi va muammoga qarshi kurash choralari haqida gapirdi.

Bugun tizimda etikaga to‘g‘ri kelmaydigan marketing ishlamoqda. Hindisondagi holat misolida tushuntiraman. Bir tadbirkor aytyapti: 40 ming dollarga birkonteyner to‘la dori sotib olaman va uni 2 millionga dollarga sotaman. Buning uchun 500 mingini shifokorlarga tarqatsam bo‘ldi. Bu shunaqa ishlash mexanizmi. Uning oldini olishda yagona chorabu elektron retsept. Elektron retsept ishgatushmaguncha yechim bo‘lmaydi. Bizda retsept formasi bor. Lekin odamlar retseptyozishni bilmaydi. Chunki unga bitta dori yoza olasiz. 15 ta dorini esa yozishuchun 1 soat kutadi. Shu sababli oddiy bir qog‘ozni olishadi-da, yozaverishadi.

Dorilar oddiy qog‘ozga yozilgandan keyin hech kim uni zimmasiga olmaydi. Dorixona esa dorini berib yuboraveradi. Yevropa misolida aytaman: u yergaborganimda shifokordan ko‘pi bilan 2 ta dori ololganman. O‘sha yerda akam ham shifokor bo‘lib ishlaydi, undan  bemorlarga yozib bergan eng ko‘p doringiz nechtabo‘lgan deb, so‘radim. Uning aytishicha, shifokorlik faoliyati davomida birbemorga eng ko‘pi 3 ta dori yozib bergan ekan. Bizda esa 10 ta 15 ta.

Elektron retsept tizimi shunday ishlaydiki, bemor unga o‘zining login paroli bilankiradi. Nima yozib berganini biz ko‘rib turamiz. Qaysi shifokor har safar bittadorini yozyapti? Demak, mantiqan o‘ylab qarasa, u kimgadir ishlaydi. Yoki 4 tadanko‘p yozsa, bosh shifokor uni chaqirib so‘rashi kerak.

Elektron retseptda shunday tizim bor, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan dori bo‘lsa, retsept qabul qilinmaydi. Hozir esa shifokorlar bemorga xohlagan dorisini yozibberyapti. Shifokor ham biladi, yozgan dorilarining faqat 2 tasi bemorga ta’sirqilishini. Yana bir narsa: elektron retsept klinik pratokolga bog‘lanadi, undayozilgan bo‘ladi qaysi dori qaysi organga qandayga ta’sir qilishi va unda savdobelgisi yo‘q. Bizda hozirgi kunda savdo belgisi bilan retsept yozib berishadi. Ya’niMNN deyiladi sotuv belgisi ko‘rsatilgan retsept. Yevropada hozir shundayishlashadi. Masalan, dorixonaga kirib, biror dorini so‘rasangiz sizdan sotuv belgisibo‘yicha so‘raydi, qaysi davlatnikini beray deb. Yechim faqat shu”, – dedi Abdulla Azizov Farmatsevtika agentligi jamoatchilik kengashi yig’ilishida Demokrat.uz muxbiri savoliga javoban.