Jamiyat

Suddan qochgan sudya qidiruvga berildi

Suddan qochgan sudya qidiruvga berildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Denov tumani sobiq sudyasi Murodov Kamoliddin Ravshanovich qidirilmoqda.

Demokrat.uz nashriga kelib tushgan murojaatda aytilishicha, 2024-yil 13-dekabr kunidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining ajrimiga asosan sudlanuvchi Murodov Kamoliddin Ravshanovichga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. O’zResJPKning 250-moddasiga asosan suddan yashirilganligi, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni buzganligi sababli K.Murodov qidirib topilgandan so‘ng, unga nisbatan dastlabki tergov organi tomonidan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, qamoqqa olishini K.Murodov ushlangandan so‘ng qarshi shahar 5-sonli tergov hibsxonasiga etap qilinishi ko‘rsatilgan.

2024-yil 9-mart kuni Denov tumanida avtohalokat sodir etilib, advokat vafot etgan. Avtomashina boshqaruvida Denov tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi Kamoliddin Murodov bo’lgan. Voqea joyida Kamoliddin Murodov sherigi advokatga yordam ko‘rsatmagan. O‘zi 5 kuni Denov shahar “yevromed” klinikasida davolanib chiqqach, o‘z vazifasini yaʼni jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sudyalik vazifasini davom ettirgan. Hatto, vafot etgan advokatning yaqin qarindoshlariga taziya bildirmagani aytiladi.

Surxondaryo viloyati sudi tomonidan o‘tkazilgan xizmat surishtiruviga ko‘ra, Kamoliddin Murodov mast holatda bo‘lganligi va boshqa sabablarga ko‘ra, Kengash tomonidan o‘z vazifasidan chetlashtirish haqida qaror qabul qilingan. Lekin Kamoliddin Murodov o‘z vazifasida qolish maqsadida Respublika Sudʼyalar oliy kengashiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, uni o‘z vazifasida qolishligini so‘rab Surxondaryo viloyati Sudyalar kengashini qarorini bekor qilishini va uni apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishini so‘ragan.

Shu bilan birgalikda Kamoliddin Murodov xalqni chalg‘itish maqsadida hattoki tergov jarayonlari tugagan bo‘lmasada, qo‘lida asosli isbotlovchi dalillar mavjud bo‘lmasada o‘zini aybsiz ekanligini ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib kelgan.

Vafot etgan advokatning qarindoshlari internet orqali Kamoliddin Murodovning o‘zini oqlash harakatiga qarshi murojaat qilib niternetga avtohalokatda boshqaruvda sudya Kamoliddin Murodov bo‘lganligini va bu haqda guvohlar va isbotlovchi dalillar mavjud ekanligi haqida bayonot berib internet tarmog‘ida post qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sudʼyalar Oliy kengashi tomonidan Kamoliddin Murodovning apellyatsiya shikoyati ko‘rilib, Surxondaryo viloyati sudyalar kengashini qarori kuchda qolib, Kamoliddin Murodovning apellyatsiya shikoyati rad qilindi. Yaʼni Kamoliddin Murodov jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining sud raisi lavozimidan bo‘shatildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Kamoliddin Murodovning ustidan 7 oy davomida sud jarayoni o‘tkazildi. Sud jarayonida bir nechta guvohlar, sudyalar, tibbiyot ekaspertlari guvohlik berishdi va sud jarayonida Kamoliddin Murodov garchi aybiga iqror bo‘lmasada guvohlarning ko‘rsatmalari bilan uning avtomobil boshqaruvida o‘zi bo‘lganligi va advokatning vafotiga sababchi bo‘lgani aniqlandi.

Kamoliddin Murodov o‘zining himoyasi uchun bir necha advokatlar yollagan. Sud jarayonida advokatlar tomonidan iltimosnomalar, eʼtirozlar qabul qilingan. Kamoliddin Murodov sud jarayonida respublika miqyosida qayta tibbiy ekspertiza tayinlashini so‘ragan.

Yaʼni bir necha tibbiyot xodimlarining qonuniy xulosasiga shubha bilan qarab qayta ekspertiza tayinlashini talab qilgan. Olib borilgan respublika tibbiyot ekspertizasi miqyosidagi qayta ekspertiza harakatlari chuqur o‘rganilib, tekshirilib, sodir etilgan avtohalokatda va boshqaruvda aynan Kamoliddin Murodov bo‘lganligi tasdiqlangan va isbotlangan.

Achinarlisi sudya Kamoliddin Murodov Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlarida ham o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va uni xaspo’shlab tilxat orqali ochiqlikda qoldirishgan.

Kamoliddin Murodov vafot etgan advokatning qarindoshlariga taziya bildirmay asosiy kuchni o‘z vazifasida qolishni va kerak bo‘lsa tuhmatlar qilib jazodan qochishini harakatini qilgan.

Endilikda hamma holatlar o‘z tasdiq isbotini topgandan so‘ng 7 oy davomida barcha idoralar tomonidan Kamoliddin Murodovning aybi isbotlangandan so‘ng u o‘zining himoyachilariga ishonib, sudga kelmay jazodan qutilish maqsadida qochib, hozirgi vaqtda unga qidiruv eʼlon qilingan.