Intervyu

Abadiyat: 72 kun yashagan Turkiston muxtoriyati va Qo‘qonning 11 tomondan o‘qqa tutilishi voqealari

Abadiyat: 72 kun yashagan Turkiston muxtoriyati va Qo‘qonning 11 tomondan o‘qqa tutilishi voqealari

Tarix ham yashiriladi, o‘zgartiriladi, bo‘rttiriladi: qalam g‘oliblar qo‘lida bo‘lsa, istasa qahramonlarni bosqinchiga, bosqinchilar esa qahramonga aylantiradi. O‘zbekiston tarixidagi ko‘plab voqealar ham o‘z davrida hukmron kuchlarnioqlash uchun ko‘p bor o‘zgartirilgan. Haqiqiy tarixni bilish hamda o‘rganishhamisha muhim. Sababi yaqin davrgacha siz-u bizga qora deya ko‘rsatilgankunlarda yorug‘liklar yoki aksincha oq deya o‘rgatilgan kunlarda qorong‘uliklarbor.  

Demokrat.uz muxbiri o‘zining yangiAbadiyat loyihasi orqali siznitariximizning ana shunday yorugva qorong‘u sahifalariga chorlashni maqsadqildi. Loyihaning ilk soni 1917yilniing 27-noyabrida tuzilgan va 1918yilning fevraliga qadar 72 kun umr ko‘rgan Turkiston muxtoriyati va 11 tomondan o‘qqatutilib, qonga botirilgan, o‘n minglab insonlar qirib tashlangan Qo‘qon qatliomihaqida.

Ko’rsatuvda Tarix fanlari doktori Saidakbar Agzamxo’jayev, Qatag’on qubonlarixotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov va Tarix fanlari bo’yicha falsafadoktori Baxrom Irzayev yaqin o’tmishning ko’ngilsiz voqeliklari, Bolsheviklarzug’umi ostida qolib, uzoq yashay olmagan yosh Turkiston kechinmalari haqida hikoya qilishadi.