Jamiyat

“Dok-1 Maks”dagi primisni (zahar) ishlab chiqaruvchigina aniqlashi mumkin edi” – Davlat farmakopeyasi bosh muharriri

“Dok-1 Maks”dagi primisni (zahar) ishlab chiqaruvchigina aniqlashi mumkin edi” – Davlat farmakopeyasi bosh muharriri

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” voqeasi yana bir bor takrorlanishi mumkinligi haqida berilgan savolga Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Habibulla Jalilov javob berdi.

Jalilovga ko’ra, O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” fojiasi ro‘y berganidan so‘ng, Farmasevtika agentligining sobiq direktori va mas’ullari Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Shundan keyin sirop ishlab chiqaruvchisi – Marion Biotech Pvt.Ltd kompaniyasi joylashgan shtatning nazorat qiluvchi organi borib ishlab chiqaruvchi faoliyatini to‘xtatib, lisenziyasini bekor qilgan. Keyin u yerda inspeksion nazorat o’tkazildi, kamchiliklar topildi. Korxonaning 5 nafar vakolatli rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ulardan uch nafari qamoqqa olindi, uch nafari qochib ketdi, ammo ular ham tezda topildi, qamalgan. Ularga sudda qanday jazo tayinlanganini menga ma’lum emas.

“Agar yana shunday holat takrorlansa, bizda “Dok-1 Maks ishi’ takrorlanardi, degan fikr tagida boshqa bir gap bor. Dori vositasini ishlab chiqarish jarayoni ko‘p bosqichli. Va mana shu ko‘p bosqichning har bittasida o‘ziga vakolatli bo‘lgan shaxslarga yuklatib qo‘yilgan. “Dok-1 Maks”da yuzaga chiqib, bolalarning zaharlanishiga sabab bo‘lgan primis bu uning xomashyosida tekshirilib, o‘sha jarayonda, Hindistondagi ishlab chiqaruvchi tomonidan to‘xtatilgan bo‘lishi kerak edi. O‘sha yerda qilinadigan ish natijasini tayyor preparatda aniqlash mumkin emas. Chunki “Dok-1 Maks” preparatini tayyorlashda 12 ta har xil moddalar aralashtiriladi. Har bitta modda toza vaqtida, xomashyosida qancha qo‘shimcha moddalar bor, qancha primislar bor, aniqlash imkoni mavjud.

Lekin hammasi aralashib ketganidan so‘ng bunaqa imkoniyatni bermaydi. Shu bois, bu ishlab chiqaruvchi korxonaning vakolatida. Endi shu voqea yuzaga kelganidan so‘ng Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bunga tezda munosabat bildirdi va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi laboratoriyaga tayyor mahsulot ichidagi shu primisni aniqlash mumkinmi deya savol qo‘yib, topshiriq berdi. Ular uch oy davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlar  natijasida murakkab usulda shuni aniqlash metodikalarini ishlab chiqib, butun dunyodagi nazorat organlariga tarqatildi. Oldingi holatda Amerikada ham, Yevropada ham bu xomashyoda tekshirilar edi, tayyor mahsulotda tekshirilmagan, — deya ta’kidladi u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” fojiasida rasman 68 nafar bola zaharlanish oqibatida vafot etgan, 16 nafar bola hayot uchun xavfli darajada jiddiy jarohatlangan, 2 nafar bola yengil jarohat olgan.