Tahlil

Har kuni munofiqlik qilamiz, uyda, ishda, do‘stlar davrasida, ko‘chada boshqa-boshqaniqob taqamiz, g‘iybat qilamiz, har kimning shaxsiy ishlariga, hatto to‘shagiga aralashamiz. Eng achinarlisi biz bularni normal qabul qilamiz – “Begona” asari haqida

Har kuni munofiqlik qilamiz, uyda, ishda, do‘stlar davrasida, ko‘chada boshqa-boshqaniqob taqamiz, g‘iybat qilamiz, har kimning shaxsiy ishlariga, hatto to‘shagiga aralashamiz. Eng achinarlisi biz bularni normal qabul qilamiz – “Begona” asari haqida

Demokrat.uz nashri kitob mutolaasi targʻiboti yoʻlida “Mutolaa zavqi” loyihasini davom ettirmoqda. Navbatdagi kitob taqrizi — Alber KamyuningBegona asari haqida.

Inson biror odamga begona bo‘lishi mumkin, yoki biror joyga begona hisoblanishi mumkin. Ammo butun jamiyatga, odamlar yaratgan stereotip-u axloq qoidalariga begona shaxs bo‘ladimi? Bunday odam mavjud bo‘lsa, jamiyat uni qabul qiloladimi? Singdira oladimi?

Alber KamyuningBegona asari qahramoni Merso aynan shunday shaxs edi. Taxmin qilganingizdek, jamiyat uni qabul qilolmadi. Tuflab tashladi

Sujet:

Asar Merso onasining vafot etganini eshitishi bilan boshlanadi. Onasini Jazoirdagiqariyalar uyiga topshirgandi. Bunga esa normal qarardi. Merso onasiningjanozasiga boradi. Odatga ko‘ra, marhumning yonida xayrlashish maqsadida birkecha yaqinlari o‘tirishi kerak edi. Qorovul chol onasining yuzini ochishni taklifqilganda yigit rad qiladi. Chekish, qahva ichish taklifini qabul etadi. Mudroq bosibtun bo‘yi uxlab o‘tiradi.

Onasini ko‘mib kelgach Mari ismli eski tanishi bilan ko‘ngilxushlik qiladi, kinoteatrga boradi, cho‘miladi. Merso hatto o‘limga ham normal qarar edi.

Mersoning Raymond ismli qo‘shnisi bor edi. U mashuqasini kaltaklagani uchunmashuqasining akasi boshliq arablar uni quvib yurishgandi. Raymond bir kuniMersoni dengiz bo‘yida dam olishga taklif etadi. Dengiz bo‘yida arablar bilanto‘qnashuv bo‘ladi va Merso arablardan birini otib o‘ldiradi. Merso qaqmoqqaolinadi. Sudda esa uning odam o‘ldirgani qolib, butun boshli axloqi tahlil qilinadiva o‘limga hukm etiladi

Tahlil

Tasavvur qiling, bu hayotda hech kim yolg‘on gapirmaydi, hech kim niqobdayurmaydi, nimani o‘ylasa, shuni gapiradi. Uyingizga mehmon bemavridroq kelibqoldi. “Sening tashrifing menga yoqmayapti, chunki hozir judayam bandman, yokikayfiyatim yo‘q, yolg‘iz qolishni istayapman deb aytolasizmi? Yo‘q, albatta. Ichingizda qarg‘ab bo‘lsayam mulozamat qilib, uy to‘riga chiqarib qo‘yasiz.

Ko‘chada yoqtirmagan kishingiz bilan ko‘rishib qoldingiz. Kamiga uning kiygankiyimi o‘ziga sira ham yarashmay turibdi. UngaSeni umuman yoqtirmaymansenga sira toqatim yo‘q. Kiyib olgan kiyiming ham o‘zing kabi yoqimsiz, deyolasizmi? Albatta, yo‘q. Ammo qahramonimiz Merso ayta olardi. Asardavomida qaysiki yolg‘onga duch kelsa, “Bu yolg‘on-ku degan so‘zlariga ko‘pguvoh bo‘lamiz. O‘zi sira yolg‘on gapirmaydi, shu bilan birga, yolg‘onni ham qabul qilolmaydi.

Onasi kun davomida uyda yolg‘iz qolib zerikayotgani uchun, dori-darmonlarinivaqtida olib berolmayotgani uchun o‘zi maqul bilgan yo‘lni onasini qariyalaruyiga topshirishni tanlaydi.

U onasining murdasi ustida qahva ichadi, sigaret chekadi, o‘ylaydi, yelkasiuvishadi, uyqusi keladi, zerikadi. Bu narsalarni u tabiiy deb bilardi. Dod solibfaryod qilgani, yoqasini yirtib, yuzini yulgani bilan buning onasiga hech qandayfoydasi bo‘lmasligini yaxshi tushunib turardi.

Onasining janozasidan qaytgach ko‘ngilxushlik qilishni ham juda oddiy qabuletadi. MariningMeni yaxshi ko‘rasanmi?” degan savoliga ham “Bilmaymandeya javob qaytaradi. Ko‘pchilik kishilarga o‘xshab olaman-kuyaman deb aldamaydi. Sudda arabni nega o‘ldirganini so‘rashganda ham “Quyosh ko‘zimgatushgani uchun, deya javob beradi.

Darhaqiqat, shunday bo‘lgandi. O‘sha lahzada quyosh ko‘ziga tushib, xayollarinichalkashtirib yuborgandi

Asarning eng bahsli joyi shundaki, jinoyatchining asl jinoyatiqotilligi qolibonasini qariyalar uyiga bergani, o‘lganini eshitgach yig‘lamagani, so‘ngi bor ko‘ribolishni rad qilgani, marhuma tepasida qahva ichgani, sigaret chekkani, uxlagani, qabr boshida faryod ko‘tarmagani, uyiga qaytgach Mari bilan ko‘ngil ochganitahlil qilinadi. Unga aynan mana shu shaxsiy kechinmalariyu, xatti-harakatlariuchun o‘lim hukmini o‘qiydilar. Axloqsizga chiqaradilar.

O‘zi axloq degan tushuncha aslida nima? Jamiyat tuzgan me’yorlar vaumumaxloqning tosh qotgan qoidalari, aslida, siz-u bizga o‘xshagan oddiy odamlartomonidan o‘ylab topilgan emasmi? Ikkiyuzlamachiliklar ustiga qurilganmasmi? Odamlar nima deydi?” deb o‘zimizni qayg‘urgandek yoki sevingandek tutishimiz, yolg‘on gapirishimiz, o‘zimizda yo‘q bo‘lgan yaxshi fazilatlarni bordek ko‘rsatishimizasl axloqsizlik emasmi?

Har kuni munofiqlik qilamiz, uyda, ishda, do‘stlar davrasida, ko‘chada boshqa-boshqaniqob taqamiz, g‘iybat qilamiz, har kimning shaxsiy ishlariga, hatto to‘shagigaaralashamiz. Eng achinarlisi biz bularni normal qabul qilamiz.

Mersoga o‘limidan oldin kashish kiritiladi. Tavba qilib qol deyildi. Ammo Merso buniistamadi. O‘lgunicha ham u o‘z prinsipidan kechmadi. Ikkiyuzlamachilik prinsiplarigaasoslangan jamiyat Mersoni qabul qilolmadi. O‘ziga begona va keraksiz deb bilib, axlatdek uloqtirdi. Uning begonalashuvini qotillikdan ham ko‘ra kattaroq gunoh sifatidako‘rdi. Chunki qotilga ham o‘lim jazosi har doim ham berilavermas edi-da…