Jahon

Chechenistonda nomaʻlum shaxslar Rosgvardiya karvoniga hujum qildi

Chechenistonda nomaʻlum shaxslar Rosgvardiya karvoniga hujum qildi

Chechenistonda noma’lum shaxslar Rossiya gvardiyasi karvoniga hujum qildi. Tafsilotlar haqida «Interfaks»ga Rosgvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

“Grozniy chekkasida noma’lum shaxslar harbiy kolonnaga hujum qilishdi. Oʻqqa tutilishi natijasida harbiy xizmatchilardan biri halok boʻldi, ikkinchisi yaralandi”, — deyiladi xabarda.

Jabrlanuvchi tibbiy muassasaga yetkazilgan. Hujumchilar qochib ketishdi.

Baza” Telegram-kanalining aniqlik kiritishicha, Milliy gvardiyaga hujum respublikaning Grozniy tumanidagi Petropavlovskaya qishlogʻida tushga yaqin sodir boʻlgan. Noma’lum shaxslar harbiylar ketayotgan yuk mashinasiga qarata oʻq uzgan.