Intervyu, Tahlil

“Medianing shaffofligiga tayyormizmi?” — Hamid Sodiq milliy kontent haqida

“Medianing shaffofligiga tayyormizmi?” — Hamid Sodiq milliy kontent haqida

Demokrat.uz sayti O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari, bu munosabatlarda paydo bo‘layotgan bugungi muammolarga bag‘ishlab suhbat tashkil qildi. Suhbat davomida siyosatshunos Hamid Sodiq O‘zbekistonda milliy kontent va uni yaratish yo‘lida masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bildirdi.

Milliy kontent haqida juda ko‘p gapirdik. Faqat bir narsani unutmaslik kerak, bir illustratsiya bor, biz hozir milliy kontent deb go‘yo chiroqni yoqishni so‘rayapmiz. Lekin chiroq yoqilganda nafaqat Rossiyani to‘la-to‘kis ko‘ramiz, balki o‘z elitamizni ko‘ramiz-da. Masala shu yerda. Deylik, uyda chiroq yondi, lekin xonadako‘rpacha yonib ketganmi, burga bosib ketganmi, oyna singanmi, eshik buzilib yotibdimi, bular ham ko‘rinadi-da. Masala shundaki, u yerdagilar ham biladi, u yerdagilarni hammasi ham aqlsiz emas, yaxshi, bilimli, yosh yigitlar ham bor. Ko‘rib hayron qolasiz, nahot shular bilan islohot bo‘lmasa, deysiz. Lekin masala shundan iboratki, chiroq yongan payti elitani ko‘rib qo‘rqib ketmaysizmi, bizni shular boshqaryaptimi deb.

Elita ham, siyosiy rejim ham oldiga shu masalani qo‘yishi kerakki, chiroq yoqilgan payti, biz o‘zi odam ko‘rinishidamizmi, degan savol bo‘lishi kerak. Faqat elita emas, hammamizda kamchilik bor. Shu kamchiliklarni ko‘rib, balchiq degan komfort zonadan chiqa olamizmi, axborotning aylanishiga, milliy kontentga, medianing shaffofligiga tayyormizmi, deb shularga javob topsa, buning yo‘llari ko‘p. Turli sohalarda buni jadal yo‘lga qo‘yib yuborsa bo‘ladi.