Yangiliklar

Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq goʻshti toʻxtatib qolindi

Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq goʻshti toʻxtatib qolindi
Foto: O’zA

Buxoro—Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida toʻxtatilganda unda isteʼmol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda tashib kelinayotgan 3 tonna tovuq goʻshti borligi maʼlum boʻldi.

Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga joʻnatilganda, tovuq goʻshtlarining isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.

Mazkur isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti sotish uchun Toshkent shahriga olib borilayotgan edi.