Ilm-fan, Intervyu, Jamiyat

“Bugun zamon va yoshlar boshqa, pedagogika ham oʻzgardi” – vazirlik vakili maktablarda bolaga kuch ishlatish mumkin emasligini haqida

“Bugun zamon va yoshlar boshqa, pedagogika ham oʻzgardi” – vazirlik vakili maktablarda bolaga kuch ishlatish mumkin emasligini haqida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi departament direktori Sardor Rahimboyev Demokrat.uz saytiga bergan intervyusida maktablarda oʻquvchiga kuch ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi yuzasidan boʻlayotgan bahslar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

“Taʼlim jarayonida bolaga kuch ishlatish mumkinmi yoki yoʻq degan savolga javob berishda “oltin oʻrtaliq”ni oʻzi yoʻq. Aniq gap shuki, bolaga hech qanaqasiga kuch ishlatish mumkin emas. Ha, oʻqituvchi bolaga kuch ishlatishi mumkin, deyotganlar ham oʻzicha haq boʻlishi mumkin. Chunki maktabda oʻqigan paytlarimizda oʻqituvchilarimiz bizni ham urardi, biz esa buni jazo sifatida emas, taʼlimning tabiiy bir jarayoni sifatida koʻrardik. Bu haqda hatto ota-onalarimizga ham aytolmasdikki, biz ulardan ham gap eshitardik.

Eski taʼlim nazariyalarida taʼlim chindan ham shaxsiy namuna, nasihat qilish va shunda ham taʼsir oʻtkazish mumkin boʻlmasa yengil urish kabi taʼsir choralari orqali berilardi. Lekin bugun zamon boshqa, yoshlar boshqa, pedagogika ham oʻzgardi. Bugungi kunda tarbiyasi eng ogʻir oʻquvchini ham oʻqitadigan, toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan maxsus kurslar bor, pedagoglar tayyorlanadi”, – dedi Sardor Rahimboyev.

Maktablarda nimalar boʻlyapti? – Oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi ziddiyatli holatlar haqida vazirlik mulozimi bilan intervyu