Tahlil

“Dunyoning ruhiy holati” hisobotida Oʻzbekiston “baxtsiz” davlat deb eʼlon qilindi

“Dunyoning ruhiy holati” hisobotida Oʻzbekiston “baxtsiz” davlat deb eʼlon qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Dunyoning ruhiy holati” hisobotida Oʻzbekiston “baxtsiz” davlat deb eʼlon qilindi

Global Mind loyihasi 2020-yildan buyon dunyo aholisining ruhiy salomatligini aniqlash boʻyicha anʼanaviy tarzda tadqiqot oʻtkazib kelmoqda. Unga koʻra, mamlakatlar aholisining “baxtli” yoki “baxtsizlik” darajasini 6 toifaga koʻra baholaydi: 

1. Kayfiyat va dunyoqarash;

2. Ijtimoiy shaxsiyat; 

3. Harakat va motivatsiya;

4. Ong va tana aloqasi;

5. Idrok va moslashuvchanlik;

6. Chidamlilik.

Shuningdek, odamlarning turmush tarzi, oila va doʻstlar bilan munosabatlari, shaxsiy travmalari haqida ham maʼlumotlar toʻplagan. Ularning javoblari umumiy yigʻilib, tushkunlik kayfiyatidan to rivojlanayotgan insonlarning holatlariga koʻra taqsimlangan.

Sapiyen Labsʼda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotning soʻnggi bosqichida 71 ta mamlakatdan 419 175 kishi anonim tarzda soʻrovga javob bergan va oʻzining ruhiy holati haqida maʼlumot taqdim qilgan.

Natijalarga koʻra, Dominikan Respublikasi birinchi oʻrinni egalladi va oʻrtacha RSK (Ruhiy salomatlik koeffitsiyenti) 300 dan 91 ball toʻpladi. Keyingi oʻrinlarda esa Shri-Lanka (89 ball) va Tanziya (88 ball)  bilan “baxtiyor” davlatlar oʻntaligidan joy egalladi.

Oʻzbekiston ushbu reytingda eng yomon koʻrsatkichga ega boʻlgan davlatlar qatorida boʻlib, 48 ball bilan soʻnggi oʻrinni qayd etdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Braziliya, Tojikiston, Misr, Irlandiya, Iroq va Yaman ham mana shu roʻyxatning tubidan joy oldi.

Tadqiqotga yana bir qismiga koʻra, Oʻzbekistonda ruhiy salomatlik bilan aziyat chekayotlar, yaʼni stress ostida va qiynalayotgan aholining ulushi 32% tashkil etadi. Undan keyingi oʻrinlarda turgan Avstraliyada 33%, Braziliyada 34 %, Janubiy Afrika va Buyuk Britaniyada esa 35% ni koʻrsatadi.

Oʻzbekistonning ruhiy farovonlik boʻyicha koʻrsatkichlari ham past. Jumladan, kayfiyat va dunyoqarash, ijtimoiy shaxsiyat, idrok, aql va tana aloqasi koʻrsatkichlari boʻyicha 71 mamlakat ichida soʻnggi oʻrinda, moslashuvchanlik va chidamlilik boʻyicha 67-oʻrinda, harakat va motivatsiya boʻyicha 61-oʻrinda qayd etgan.