Yangiliklar

Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi taʼmirdan chiqarilgan kollejning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi taʼmirdan chiqarilgan kollejning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi ta’mirdan chiqarilgan kollejning ochilish marosimiga mezbonlik qildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari janob Komiljon Karimov, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian xonim va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili Sara Noshadi xonimlar ishtirok etdilar. Bundan tashqari, hukumat rasmiylari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo bir qator davlatlarning elchilari, kollej xodimlari, talabalar va jamoatchilik vakillari ham hozir boʻldi. Tadbirda mamlakat bo‘ylab, xususan, qishloq va suv xo‘jaligi kabi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan tarmoqlarda Professional Ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar namoyish etildi.

Ta’mirlash ishlaridan tashqari, Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi va O‘zbekistondagi boshqa Professional Ta’lim kollejlari ham loyiha doirasida yaqinda ishlab chiqilgan, ta’limni mehnat bozorining real ehtiyojlari bilan bog‘laydigan zamonaviy o‘quv dasturlaridan ham foydalanmoqda.

2008-yilda tashkil etilgan Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumida 2024-yilda talabalar soni qariyb 300 nafarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga ko‘paydi. Texnikum 17 ta maxsus kvalifikasiyaga ega bo’lgan keng qamrovli o’quv dasturlarini taklif etadi. Yevropa Ittifoqi moliyalishtirishi bilan, YUNESKO kollej binosida 986,85 kvadrat metr maydonda ta’mirlash ishlari olib bordi, ustaxonalar, o‘quv xonalari va laboratoriyalarni zamonaviylashtirdi, hozirda o‘quv muhitini yaxshilash uchun yangi pollar, shiftlar va zamonaviy yoritish uskunalari bilan jihozlandi. Bu yangilanish, professional ta’lim muassasasida taklif etilayotgan turli kvalifikasiyalarning amaliy darslarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, muassasani qishloq xo’jaligi traktorlari va agregatlari, AKT uskunalari va muzlatgichlar kabi muhim resurslar bilan jihozladi.

Marosimda kollej bo‘ylab batafsil ekskursiya o‘tkazildi, keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari, jihozlar va bu o’zgarishlardan bevosita bahramand bo‘layotgan o‘qituvchi va talabalar bilan samarali  suhbatlar o‘tkazildi.

Sharlotta Adrian xonim loyihaning ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, ushbu kollej inson kapitalini rivojlantirishning muhim poydevori sifatida Professional Ta’limni rivojlantirishga bo’lgan umumiy majburiyatimizni o’zida mujassamlashtirganini ta’kidladi. U, shuningdek, YUNESKO va loyiha jamoasiga avlodlarga kelajak uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni berishga tayyor barqaror va moslashuvchan Professional Ta’lim tizimini yaratishga bo’lgan sadoqatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sara Noshadi o‘zining kirish so‘zida bu shunchaki kollej ochilishi marosimi emas, balki O‘zbekiston qishloqlaridagi o‘qituvchi va talabalar hayotida sezilarli o‘zgarishlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz samarasi ekanini ta’kidladi.

Mazkur loyiha bandlikni oshirish va qishloq hududi yoshlari uchun yaxshi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.Uning ta’kidlashicha, bu loyiha YUNESKOning mandati doirasida, Professional Ta’lim tizimining sifatini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli siyosiy ramkalarni ishlab chiqdi. Ishlab chiqilgan bir qator siyosiy ramkalar tizim darajasida qo’llab quvvatlashga qaratilgan bo’lib, barqaror ta’sirga poydevor bo’la oladi. U shuni ta’kidladiki, salohiyatni oshirish, boshqaruvni takomillashtirish, Professional Taʼlim tizimining mehnat bozori ehtiyojlariga mosligini ta’minlash kabi tadbirlar kollejning uzoq muddatli muvaffaqiyati va jamiyat farovonligi uchun muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun biz nafaqat darhol erishiladigan natijalarga sarmoya kiritayapmiz, balki mazkur kollej va O’zbekiston ta’lim tizimida kelgusi yillar davomida ham ushbu takomillashishlardan foydalanishini ta’minlayapmiz.

2020-yildan buyon YUNESKO, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magida Professional Ta’limni rivojlantirish Stretegiyasini ishlab chiqishda O’zbekistonda yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda.  Strategiya boshqaruv va siyosatni isloh qilish, kvalifikasiyani modernizatsiya qilish va sifatli Professional Ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan bo’lib, O’zbekiston hukumati qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash borasidagi saʼy-harakatlarini mustaxkamlaydi.