Jamiyat

Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobus to‘qnashib ketdi

Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobus to‘qnashib ketdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Bodomzor metrosi roʻparasidagi bekatda YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum  bo’lishicha, 11-mart kuni soat 15:00 atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Bodomzor metrosi roʻparasidagi bekatda YTH sodir bo‘ldi. Voqea guvohi bo‘lgan yo’lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, bekatga katta tezlikda kirib kelgan 19-yo‘nalish elektrobusi bekatda turgan avtobusga urilgan.

Oqibatda elektrobusning old oynalari singan, 93-avtobusning orqa qismiga ham shikast yetgan. YTH vaqtida 19-elektrobus saloni yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lgan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Toshshahartransxizmat hozircha ushbu YTH bo‘yicha hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.