Jamiyat

Navro‘z bayrami munosabati bilan aholi uchun qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Navro‘z bayrami munosabati bilan aholi uchun qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Ma’lum qilinishicha, Navro’z bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlarida ayrim viloyatlarga tekin aviaqatnov va avtobus harakati yo’lga qo’yiladi.

Unga ko’ra, Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

  • Toshkent – Nukus – Toshkent – 20-mart kuni;
  • Toshkent – Buxoro – Toshkent – 20, 21, 24-mart kunlari;
  • Toshkent – Urganch – Toshkent – 24-mart kunlari;
  • Toshkent – Farg‘ona – Toshkent – 21-mart kuni;
  • Toshkent – Namangan – Toshkent – 24-mart kuni.

Shuningdek 11-martdan boshlab aviakompaniya quyidagi yo‘nalishlarda bepul avtobuslar harakati tashkil etgan:

  •  Andijon – Farg‘ona – Andijon;
  •  Andijon – Namangan – Andijon.

Eslatib o’tamiz, mazkur bepul avtobuslar faqatgina aviakompaniyaning aviachiptasiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga taqdim etiladi.