Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Andijon shahridan fuqaro K.I. ishdan noqonuniy bo‘shatilgani uchun murojaat qilib, mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘ragan.
Qayd etilishicha, u “Xonabod issiqlik elektrostansiyasi” unitar korxonasida ishlab kelgan. Mazkur korxona rahbari fuqaro K.I. ni boshqa bo‘limga ishga o‘tkazishni vaʼda qilib, uning o‘rta maxsus taʼlim darajasiga qoniqmay, tuzilgan mehnat shartnomasini asossiz bekor qilgan. Murojaatchiga bir oylik ish haqi ham berilmagan.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili holatni o‘rganib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mehnat inspeksiyasidan ekspertlarni jalb qilgan.
Mehnat qonunchiligining buzilgani bo‘yicha ish beruvchiga huquqiy tushuntirish berildi.
Natijada murojaatchi K.I. avvalgi lavozimiga tenglashtirilgan joyga ishga tiklandi va unga salkam 2 mln so‘m miqdordagi 1 oylik ish haqi to‘liq to‘lab berildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!