Isroil askarlari ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohilda yana 20 nafar falastinlikni qo’lga oldi. Bu haqda Falastin asirlari jamiyati va Falastin ozodlik tashkilotining asirlar va ozod qilinganlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasining qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 13-mart, chorshanba kunidan beri Isroil harbiylari Baytullohim (Baytlahm), Qalkiliya, Ericha, Quddus va Al-Xalil shaharlarida reydlar o‘tkazmoqda.
2023-yil 7-oktabrdan beri ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar soni 7585 nafarga ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabrdan beri Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektoriga quruqlikdan, dengizdan va havodan yirik hujumlar uyushtirmoqda. O’shandan beri bosib olingan G’arbiy Sohilda ham, Sharqiy Quddusda ham Falastin bosimi ortdi. Falastinliklarga qarshi reyd va hujumlar uyushtirilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!