Bayden so‘zlagan nutqida mamlakat Kongressi aʼzolarining mutlaq ko‘pchiligi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishga tayyor ekaniga ishonch bildirdi.
“Va men bu xonada bo‘lgan barchani Vladimir Putinga qarshi turishga chaqiraman. U — bandit”, — dedi Amerika yetakchisi.
Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining aytishicha, AQSH Prezidentining rossiyalik hamkasbiga nisbatan haqoratomuz so‘zlari AQSH xavfsizligi tahdidiga sabab bo‘lgan.
Eslatib o’tamiz, 22-fevral kuni Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi tashviqotining yopiq tadbirida nutq so‘zlab, Putinni haqoratlagan.