Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi islomofobiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu haqda «UN Press» xabar berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi kecha, 15-mart kuni islomofobiyaga qarshi kurashga qaratilgan rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi.
Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kunida o‘tkazilgan ovoz berishda “Islomofobiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Rezolyutsiyani 115 ta davlat yoqladi, 44 ta betaraf bo‘ldi va qarshilar bo‘lmadi.
Rezolyutsiya BMTning islomofobiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakilini tayinlashni talab qiladi. Shuningdek, u aʼzo davlatlarni diniy murosasizlikka, ayniqsa islomofobiyaga qarshi qatʼiy choralar ko‘rishga chaqiradi.
«Kotibiyat 2025-yil uchun batafsil byudjet talablarini aniqlash uchun ichki maslahatlar o’tkazadi, u Bosh Assambleyaning Beshinchi qo’mitasi (ma’muriy va byudjet) orqali o’zining 79- sessiyasining asosiy qismida ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi», deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!