O‘zbekiston

Chirchiq shahriga hokim tayinlandi

Chirchiq shahriga hokim tayinlandi

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodjon Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Shaharning avvalgi hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.