Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda DXX tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida ikki shaxs giyohvandlik bilan qo‘lga olingani, ularning biri jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i, ikkinchisi JQB katta tezkor vakili ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
IIV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 16-mart kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimlari giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qo’shilgani aniqlanib, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qo‘lga olingan.