Yangiliklar

“MAKON FEST – 2024” III milliy san’at va an’analar festivali bo‘lib o‘tadi

“MAKON FEST – 2024” III milliy san’at va an’analar festivali bo‘lib o‘tadi

2024-yilning 20-24-mart kunlari O‘zbekiston Milliy bog‘ida “MAKON FEST – 2024” III milliy san’at va an’analar festivali bo‘lib o‘tadi.

O’zbekistonning folklor boyligi, sanʼati va gastronomik rang-barangligini yorqin aks ettiruvchi ushbu noyob festival Oʻzbekiston MAKON festivallar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo’mitasi va xususiy tashkilotlar koʻmagida oʻtkaziladi.

Tadbir milliy meros va vatanparvarlik atrofida birlashish g‘oyasini aks ettiruvchi “Biz bir Makon – biz O‘zbekiston” shiori ostida o‘tkaziladi.
Festival 30 mingdan ortiq Toshkent aholisi, shuningdek, Italiya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Shveytsariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Ispaniya, Gretsiya, Qozog’iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar va sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.