Jahon

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta ballistic raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta ballistic raketa uchirdi

KXDR yana raketa sinovlarini o‘tkazdi va Yaponiya tomon uchta ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Kyodonews” agentligi xabar berdi.

Rasmiylarning ma’lumotiga ko‘ra, raketalar parvozi hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmagan. Raketalar 50 m balandlikda 350 km masofani bosib o‘tgan. Yaponiyaning maxsus zonasidan tashqariga qulagan.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreyaning raketa uchirishini nomaqbul deb atagan. Sohil xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar taxminan 30 daqiqalik masofaga uchirilgan. Ularning parvozi taxminan yetti daqiqa davomida 350 km masofani bosib o‘tgan.