Yaman husiylari G‘arb davlatlarini zaiflashtirish va bir qutbli dunyoni yo‘q qilish uchun Rossiya Federatsiyasi va Xitoy bilan hamkorlik qilayotganini eʼlon qilishdi. Bu haqda husiylar vakili Ali al-Kahum X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yaman, Rossiya, Xitoy va BRIKSning qolgan aʼzolari o‘rtasida doimiy o‘zaro hamkorlik va muloqot chuqurlashib bormoqda. Shuningdek, turli sohalarda bilim va tajriba almashilmoqda.
«Bu Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa G‘arb davlatlarini Qizil dengizga cho‘ktirish va zaiflashtirish orqali bir qutblilikni yo‘q qilish uchun zarurdir», — deb yozdi husiylar vakili Ali al-Kahum.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!