NASA maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 EDZ deb nomlangan 96 metrlik asteroid birinchi bo‘lib yaqinlashadi va 836 ming kilometr masofada yer sayyorasidan o‘tadi. Mazkur asteroid samolyot kattaligida bo‘lib, u Yerga 18-mart kuni maksimal darajada yaqinlashadi.

Bugun, 18-mart kuni Yerga kattaligi samolyot yoki 140 metr bo‘lgan ikkinchi asteroid ham yaqinlashadi. U sayyora yonidan 924 ming kilometr masofada uchib o‘tadi. Uy kattaligidagi yana bir asteroid esa 18-mart kuni 1 330 000 kilometr masofada yaqinlashadi.

Aniqlanishicha, asteroidlar sayyora uchun xavf tug‘dirmaydi.