O‘zbekiston va Hindiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida Gujarat universitetida tahsil olayotgan xorijlik yoshlar, jumladan, o‘zbekistonlik talaba ham mahalliy noma’lum guruh a’zolari tomonidan hujumga uchragani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Mazkur masala yuzasidan mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Ma’lum bo’lishicha, diplomatik vakolatxonaning konsullik reestriga Gujarat universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari kiritilmagan. Hindistonning rasmiy bo‘limlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida bugungi kunda Gujarat universitetida o‘zbekistonlik talabalar yo‘qligi aniqlandi.
Mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasi ushbu masalani o‘rganish munosabati bilan Hindistonda uzoq muddatdan beri oliy ma’lumot olish maqsadida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bo‘lgan vatandoshlarimizga zudlik bilan ro‘yxatdan o‘tishlari zarurligini eslatib o‘tadi.
Bu turli kutilmagan va noxush vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolarimizga tez va samarali konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!