Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat xavfsizligi fazasi tasnifi hisobotiga ko’ra, G’azo shimolidagi aholining 70 foizi halokatli ochlikka duchor bo’lmoqda.
G’azo shimolidan tashqari janubdagi Dayr al-Balah va Xon Yunus shaharlari, shuningdek, Rafah ham IPC 4-bosqich «favqulodda vaziyat» sifatida tasniflanadi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, G’azo sektorining 2,2 millionlik aholisi yuqori darajada oziq-ovqat xavfsizligi bilan to’qnash kelmoqda.
“Mart o‘rtalari va iyul o‘rtalari oralig‘ida jangovar harakatlar avj olishi mumkin bo‘lgan senariy bo‘yicha, jumladan, Rafahga quruqlikdan qilingan hujum ostida G‘azo sektori aholisining yarmi (1,1 million kishi) halokatli sharoitlarga duch kelishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Bayonotda, Isroilning Rafahga quruqlikdan ehtimoliy hujum uyushtirish ehtimoli haqida gapirilgan.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti yozma bayonot berib, G’azoda kutilayotgan ocharchilikka qarshi yordam berish uchun G’azoga zudlik bilan kirishga chaqirdi.
“Hozir G‘azoda odamlar ochlikdan o‘lmoqda. Ushbu texnogen ochlik va to’yib ovqatlanmaslik inqirozining G’azoga ta’sir qilish tezligi dahshatli. Ochlikning oldini olish uchun juda oz vaqt qoldi va buning uchun shimolga shoshilinch va to’liq kirish kerak» deydi Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Sindi Makkeyn.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!