Prognozlarga ko‘ra, ketma-ket K-indeksida 5 balli magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu mart oyidagi so‘nggi kuchli magnit bo‘ronlari ekani aytilmoqda. Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Magnit bo‘roni salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari:
  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
  • holsizlik.

Shu bilan birga, organizmga yordam berish uchun meyorida uxlash maslahat berilgan. Ovqatlanish ratsionidan yog‘li va achchiq taomlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.