Jahon

Fransiya Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbarining bayonotini rad etdi

Fransiya Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbarining bayonotini rad etdi

Fransiya Mudofaa vazirligi Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbarining bayonotini rad etdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiya Mudofaa vazirligi Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinning Parij Ukrainaga harbiy xizmatchilarni jo‘natishga tayyorlanayotgani haqidagi bayonotini “noto‘g‘ri ma’lumot” deb atadi.

“Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin eʼlon qilgan maʼlumotlar Rossiyaning ommaviy dezinformatsiyadan tizimli foydalanayotganiga yana bir misoldir”, deyiladi Fransiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek, Fransiya Mudofaa vazirligi «bunday kampaniyalardan vosita sifatida foydalanishning oldini olish uchun maksimal darajada hushyor bo’lishga» chaqirdi.

Avvalroq Narishkin Fransiya Ukrainaga dastlabki 2 ming kishilik harbiy kontingentni yuborishga tayyorlanayotganini aytgandi.