Jamiyat

Navro’z bayramida qaysi soha vakillari dam olishmaydi?

Navro’z bayramida qaysi soha vakillari dam olishmaydi?

Navro‘z bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi.

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra, bu yil Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimiz 4 kun dam oladi.
Lekin davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.  Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Unga ko’ra,

  • 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika;
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti;
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko’rsatadi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, respublika bo’yicha 2755 ta tez tibbiy yordam mashinalari bo’lib, tibbiyot xodimlari aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.