O‘zbekiston

Rossiyaga ishlashga borib, qiynalib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Rossiyaga ishlashga borib, qiynalib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Rossiyaga ishlashga borib, qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Permdagi “RegionStroy”, Sankt-Peterburgdagi “StroyKraft” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuv o’tkazdi.

Shuningdek, Agentlik vakillari Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, yaqindan suhbatlashdi.

2023-yil fevral oyida Permga ishlash uchun borib, qiyin ahvolda qolgan fuqaro Perm—Namangan aviareysi orqali vatanga qaytarildi. Volgogradda mehnat qilayotgan hamyurtlarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.