Jahon

Bosniya va Gertsegovina bilan Yevropa Ittifoqiga kirish boʻyicha muzokaralar boshlanadi

Bosniya va Gertsegovina bilan Yevropa Ittifoqiga kirish boʻyicha muzokaralar boshlanadi

Yevropa Ittifoqi kengashi prezidenti Sharl Mishel Bosniya va Gertsegovina bilan Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni boshlash qarorini eʼlon qildi.

Mishel X ijtimoiy tarmog’ida Bryusselda bo’lib o’tgan YI sammiti vaqtida xabar qoldirdi.

«Sizning o’rningiz bizning Evropa oilamizda, bugungi qaror sizning Evropa Ittifoqiga bo’lgan yo’lingizda muhim qadamdir. Bosniya va Gersegovina sizning xalqingiz xohlagandek ishonch bilan oldinga siljishi uchun mashaqqatli ish davom etishi kerak”,- deb yozgan Mishel.

Bosniya va Gertsegovina 2016-yil 15-fevralda Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirgan va 2022-yil 15-dekabrda nomzod davlat maqomini olgan.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi 12-mart kuni Bosniya va Gertsegovina bilan Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni boshlash tavsiyasini qabul qilgani haqida xabar bergan.