Jamiyat

«Salimboyvachcha» 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

«Salimboyvachcha» 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Xalq orasida «Salimboyvachcha» nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev (“Salimboyvachcha”) O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan edi.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan yopiq sud majlisida Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 1-bandi bilan (noqonuniy qurol-yarog‘ saqlash) aybdor deb topilgan. Sud ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati yuborilishi kutilmoqda.