Portlash natijasida ikki hujumchi yaralangan.
Armaniston poytaxti Yerevandagi politsiya bo‘limi binosida granata portladi. Bu haqda Armenpress rasmiy axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Yerevanning Nor Nork tumani politsiya boʻlimi binosiga 3 nafar nomaʼlum hujumchi granata bilan kelgan. Hujumchilar xavfsizlik kuchlari bilan uchrashib, bir qancha talablarni ilgari surgan. Keyin granata portlagan.
Portlash natijasida ikki hujumchi ham yaralangan. Yaradorlar kasalxonaga yotqizilgan. Uchinchi hujumchi esa tahdidlarini davom ettirgan va zararsizlantirilib hibsga olinmasidan oldin xavfsizlik kuchlari bilan muzokaralar olib borgan.
Voqea joyida bo‘lgan xavfsizlik kuchlari va fuqarolar orasida hech qanday qurbonlar yo‘q.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!