Jahon

BMT: Isroil G‘azo shimoliga yordam yetib borishiga to‘sqinlik qilmoqda

BMT: Isroil G‘azo shimoliga yordam yetib borishiga to‘sqinlik qilmoqda

UNRWA G’azo shimoliga qutqaruvchi yordam yetkazishiga to’sqinlik qildi. Isroil oziq-ovqat yordami karvonlarining G’azo sektori shimoliga yetib borishiga to’sqinlik qilib, u yerda odamlarni ochlik va suvsizlik falokatiga duchor qilmoqda.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko’rsatish va ishlar bo’yicha agentligi (UNRWA) Bosh komissari Filipp Lazzarini bayonot berdi.

“Bizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan fojiaga qaramay, Isroil hukumati BMTni shimolga (G‘azo) oziq-ovqat karvonlarini qabul qilmasliklarini ma’lum qildi”, – dedi Bosh komissar.

Shuningdek, bugungi kunga kelib, UNRWA endi G’azo shimoliga yordam yetkazishga qodir emasligini ta’kidladi.

Ushbu cheklovlarni olib tashlashga chaqirgan Lazzarini, UNRWA yordam ko’rsatish harakatlariga to’sqinlik qilish, ochlik jarayonini tezlashtirishi va ko’proq odamlarning ochlik, tashnalik va uysizlikdan o’lishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

«Bu hafta barcha oziq-ovqat karvonlarimiz G’azo shimoliga (Isroil tomonidan) kirishdan mahrum bo’ldi», – dedi BMT rasmiysi.

Bosh komissar o’z bayonotida UNRWA oxirgi marta G’azo shimoliga taxminan 2 oy oldin yordam jo’natganini eslatib, «Isroil hukumatini G’azo shimoliga keng ko’lamli oziq-ovqat yordami, jumladan, G’azo orqali yetkazib berishga ruxsat berishga chaqirdi.

Uning qayd etishicha, Isroil yordam yetib kelishiga ruxsat bermaguncha, bolalar ochlik va tashnalikdan o‘lishda davom etadi.